Bir daqiqa...

Dunyodagi eng qimmat 5 ta kitob

Bugungi kunda audio va elektron kitoblar ommalashib bormoqda, shunday bo‘lsada, haligacha qog‘oz kitoblarning o‘rni bo‘lak. Ular orasida tarixiy ahamiyati yillar davomida ortib boradigan nashrlar ham mavjud bo‘lib, sizning e’tiboringizga sayyoradagi eng qimmat 5 ta kitobni taqdim etamiz.

Rotshild Chasoslavi

Bu shunchaki kitob emas, balki 1505-yildan beri qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelayotgan haqiqiy asardir! Kitob Uyg‘onish davri ijodkorlarining rasmlari bilan bezatilgan. XIX asrda bu qo‘lyozma Rotshildga yetib kelgan. Dastlab, uni olila boshi, jenevalik Adolf sotib olgan. Uning vafotidan keyin kitob 1900-yilda jiyani Morisga topshirilgan. Ikkinchi Jahon urushi paytida qo‘lyozma musodara qilinib, urush tugagach egasiga qaytarilgan. 1954-yilda «Metropoliten» san’at muzeyi 13,4 milliard AQSH dollariga qo‘lyozmani sotib olgan.

Massachusets diniy qo‘shiqlar kitobi

Kitob juda muhim sanaladi, chunki u Shimoliy Amerikadagi eng birinchi nusxa. U 1640 yilda Kembrij shahrida nashr etilgan. Diniy qo‘shiqlar kitobi Shimoliy Amerika qit’asidagi mustamlakachilarning asosiy ish quroliga aylangan. Kitobda atigi 11 ta asar mavjud. 2013 yilda uning bitta nusxasi 14,2 million dollarga sotilgan.

Kutbert Yevangeliyasi

“Yevangeliya Kutberta”ning qo‘lyozma nusxasi miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‘lgan degan taxminlar mavjud. Nashr hajmi atigi 14 dan 9 santimetrgacha boradi. Ushbu kitob 94 sahifadan iborat bo‘lib, uning 42 sahifasiga 20 qator, qolgan sahifalariga 19 qator matn terilgan. Bugungi kunda ushbu noyob nashrni Britaniya kutubxonasidan topish mumkin.

“Buyuk ozodlik xartiyasi”

Mazkur siyosiy-huquqiy hujjatning 63-moddasi Angliya zodagonlarining mamlakat hukmdori Ioann Bezzemelnoga qo‘ygan talablarini o‘z ichiga oladi. Unda davlatning ma’naviy va dunyoviy mulkka bo‘lgan huquqlari, erkinliklari, meros olish qoidalari va soliq tizimi tavsiflangan. Hujjat 1215 yilning iyun oyida tuzilgan. Bugungi kunda uning 17 dona nusxasi mavjud bo‘lib, ulardan birida Eduard III ning muhrini ko‘rishingiz mumkin. Sotheby’s auksionida u 21,3 million dollarga baholangan.

Leonardo da Vinchining “Lester kodeksi” kitobi

“Lester kodeksi” VI asrning birinchi o‘n yilligida rassomning ilmiy izlanishlari natijasida yozilgan. U 72 sahifadan iborat bo‘lib, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalar aks ettirilgan. Shuningdek, unda Leonardoning kichik eskizlari tasvirlangan. Kitobni 1994 yilda Bill Geyts sotib oldi. Sababi, u kitobni dunyo bo‘ylab muzeylarda muntazam ravishda namoyish qilinishini istadi. Buning uchun Geyts 30,8 million dollar sarfladi.

Maqola ruknlari

Maqola ruknlari