Qisqacha tavsif
Gʻulom Zafariy XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼatining taniqli vakillaridan biridir. U Halima» asari bilan oʻzbek musiqali drama janriga, “Baxtsiz shogird”, “Gunafsha”, “Tatimboy ota”, “Tuygʻunoy”, “Bahor” kabi kuyli pyesalari bilan oʻzbek bolalar dramaturgiyasiga asos soldi. Sheʼr va hikoyalari, maqolalari, “Ashulalar” toʻplami milliy madaniy merosimizning ajralmas qismidir.
Ushbu kitob XX asr ijtimoiy-badiiy tafakkuri, adabiyoti, musiqa sanʼati, folklori bilan qiziquvchilarga moʻljallangan.