Qisqacha tavsif
Barchamiz boy va muvaffaqiyatli bo‘lishni istaymiz, ammo, odatda, boylikga qanday yo‘l bilan erishish mumkin ekanini tasavvur ham qilmay, bu haqda faqat nazariy jihatdan fikr yuritamiz. Birimiz dangasalik qilamiz, yana birimiz qonuniy yo‘l bilan boylikka erishib bo‘lmaydi, deb bahon qilamiz, shundaylar ham borki, ular taqdirga tan berib, qambag‘alligicha qolib ketaveradi. Boy bo‘lishning siri shundaki, barcha badavlat kishilar, boshqalardan farqli o‘laroq, Richard Teplar mazkur kitobda izohlagan qoidalarga amal qiladilar.
“O‘zingizni huddi badavlat odamdek tuting, sizda boshqalar kabi, istagan narsangizni qo‘lga kiritish haq-huquqi va imkoniyati yetarli, badavlat bo‘lish uchun hech qachon kech emas”.
Ushbu qoidalarni o‘ziga dastur qilib olgan barcha qat’iyatli, mehnatsevar, g‘ayratli
insonlar farovon hayot kechirish uchun o‘z yo‘llarini topishga qodirdirlar.