Qisqacha tavsif
Vengriyalik sharqshunos va sayyoh A.Vamberining “Buxoro yohud Movarounnahr tarixi” asari Buxoro xonligining eng qadim davrlaridan to XIX asrning ikkinchi yarmi, ya’ni O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinish davrini o‘z ichiga oladi.
Asar bir qator muarrixlar: Narshaxiy, Juvayniy, Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Mirxond, Ibn Ro‘zbexon, Sharif Sayyid Roqim va boshqalar qalamiga mansub tarixiy manbalar va bir qator g‘arb sharqshunoslari qalamiga mansub asarlarga suyanib yozilgani bilan e’tiborga molik. Ushbu asar vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi mutaxassis va o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
Asarning A.Pavlovskiy tomonidan 1873 yilda rus tiliga qilingan tarjimasidan foydalanish uchun sharoit yaratgan Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona direktor o‘rinbosari Umidaxon Teshaboyeva va “Nodir nashrlar” bo‘limi boshlig‘i Nargiza Zoitovaga tashakkur bildiramiz.