Qisqacha tavsif
Mana bu kundalik shaklidagi kitob Inson qismati hukmdori – Vaqtni shaxsiy va umum manfaatlari uchun boshqarishning sir-sinoatlari bilan tanishtiradi. Menejment, biznes, intellektual mehnat, innovasiyalar, hal etuvchi muhim qarorlar haqidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali bilimlarni beradi.
Kitob professor Jozef Makьyarello sharofati bilan dunyoga kelgan. U Piter Drukerning eng muhim ta’kidlarni, asarlaridan, qo‘lyozma va maqolalaridan eng muhim eslatmalar, iqtiboslarni jamlagan. Natijada samarali menejmentni boshqarish bo‘yicha qo‘llanma vujudga kelgan.
Aytish joizki, rahbarning va har bir kishining o‘tmishdan xalos bo‘lib, kelajakning allaqachon boshlanganini anglashi va, albatta, tik qarab, o‘zgarishlar, yangiliklar yaratishga turtki bo‘ladi. Mazkur kitobni o‘qish bugungi rahbar xodimlar oldida turgan ko‘plab jiddiy masalalarni zudlik bilan yechishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.