Qisqacha tavsif
Liderlikning 21 qonuni teran mohiyati boshqalar hayotidagi muvaffaqiyat yoki mag‘lubiyatlar misolida ochib, bu qonunni qay tariqa hayotda qo‘llanishi yuzasidan tavsiyalar beriladi. Maqsadlar birligini o‘zida namoyon etadi va aniq misollar hamda amaliy sa’y-harakatlar misolida odamni ruhlantira oladi.
Bu kitob didingizga mos tushishi shubhasiz: siz bunda bayon qilingan, inson taqdiriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi mezon va sa’y-harakatlarni o‘z hayotingiz yoki biznesingizda bevosita qo‘llab ko‘rishingiz mumkin. Bu kitobdan mulohazalarning umumlashmasi sanaluvchi hech bir nazariyani topmaysiz.
Muhimi, kitobda liderlikning muqarrar va o‘zgarmas qoidalari bayon qilingan, bular Jon Maksvelning hamda u tilga olgan ko‘pchilik odamlarning shaxsiy tajribasidagi sinovlar o‘laroq, ko‘p bora tasdiqdan o‘tgan.
Ushbu kitob liderlik rolini bajarish uchun aniq yo‘nalishlar va zaruriy vositalarni beradi. Liderlik karyerangiz uchun mislsiz tramplin vazifasini o‘taydi.