Qisqacha tavsif
Adabiyotga muhabbat xalqimizning qonida bor. Bizda olimlar ham, hukmdorlar ham, avliyolar ham, oddiy odamlar ham taʼbi nazmdan bebahra boʻlmaganlar. “Nafis majlislar” toʻplamining ushbu jildida Pahlavon Mahmud, Mashrab, Maxtumquli kabi avliyolar, Husayn Boyqaro va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi shohlar, Fuzuliy, Muqimiy, Furqat kabi zabardast soʻz sanʼatkorlarining mashaqqatli va ibratli hayot yoʻli, boy va rang-barang adabiy merosi, asarlarining oʻrganilishi, nashrlari va tarjimalari xususida ilmiy-ommabop usulda hikoya qilinadi.