Qisqacha tavsif
Meva-uzum navlarining katalogida Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan va rayonlashtirilgan, chetdan keltirilgan urugʻli, danakli, rezavor, yongʻoqsimon, subtropik, sitrus mevalar hamda uzum navlarining qisqacha tavsifi keltirilgan. Navlarning tasviri mavjud hamda rayonlashtirilgan hududlari berilgan. Katalogda 7 turdagi meva-rezavor va uzumning jami 212 navi tavsifi keltirilgan. Katalogdan ilmiy-tadqiqot institutlari olim va mutaxassislari, bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari rahbar va xodimlari, agronomlar, brigadirlar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda talabalari, shushingdek, bogʻdorchilik va uzumchilikka qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.