Qisqacha tavsif
Hayot shunday o‘yinki, u aksariyat hollarda belgi qo‘yilgan kartalar va g‘irrom tashlangan soqqalar bilan o‘ynaladi. Menimcha, uni aynan mana shu fikr gangitib qo‘ygan va oxir-oqibat mudxish yo‘lga boshlagan. O‘z kasbidagi haqiqiy iste’dodlar emas, aksincha, aql-iqtidorga ega bo‘lmaganlarning muvaffaqiyat qozonaverishi uni qattiq hayajonga solganiga ishonchim komil… Aminman: hayot rostdan ham o‘yin va uni ochko‘z, surbet odamlar boshqaradi va g‘olib bo‘ladi, sho‘rlik kaltafahm, kambag‘al, laqma odamlar esa ular uchun xo‘rak bo‘ladi – agarda mana shu ishonchim bo‘lmaganida men ham uning atrofidagi odamlardan biriga aylanib qolgan bo‘lardim…
Tuzoq qo‘yganlar, tuzoqqa chap berganlar va tuzoqqa tushganlar haqida – mutolaa bilan hayot ko‘zgusiga razm soling! Bu – kimning hayoti?
Hayot insonning u haqdagi o‘ylaridan ko‘ra kengroq va ko‘p qirrali. Ko‘pincha shunday bo‘ladi – hammasi ochiq-oydin, ravon… Lekin tasodifan hayratga tushasiz, hayrat ichra kechinmalariga ko‘ra o‘z hayot yo‘lini belgilovchi insonning nechog‘lik kuch-qudratini ham, tubanlik bobidagi darajasini ham ilg‘aysiz. Ne ajabki inson beixtiyor o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan o‘zgacha sinchkovlik bilan qarashga ehtiyoj sezadi. Shunday ehtiyoj, qadrli kitobxon, sizda ham borligi shubhasiz.
Teodor Drayzer hikoyalari sizga taqdim etilmoqda – hayotni mutolaa qiling.