Qisqacha tavsif
Quyida sut bezlarining ultratovush koʻrigi natijalarining izohi va BI-RADS(Breast Imaging Reporting and Data System) xalqaro tasniflashga oid keyingi harakatlar rejasi keltirilgan. Oʻzbekistonda mazkur tasniflashning joriy qilinishi katta ahamiyatga ega va shifokorlar tomonidan sut bezlari koʻrigining bayonnomasini yagona shaklga keltirish, sut bezi saratoni tashxisini aniqlashtirish maqsadida boshqa metodlarni qoʻllash izchilligini taʼminlash imkonini beradi. Mazkurqullanma UTT mutaxassislari, radiologlar, mammologlar, klinik radiologiya boʻyicha klinik ordinatorlar va magistrlar uchun moʻljallangan.