Qisqacha tavsif
«O‘yla va boy bo‘l» asari barchamiz uchun tanish, faqat o‘ylab boy bo‘lish afsona singari. Quyida sizga Robert Entonining «O‘ylashni bas qil! Harakatga tush!» asarini tavsiya etamiz.
Agar sizga ijobiy fikrlash tarzi haqidagi go‘yoki hayotiy misollar jamlangan chiroyli ertak kitob kerak bo‘lsa – oldindan bilib qo‘ying – bu kitob siz uchun emas!
Bu kitob natijaga erishish, fikrni hayotga tadbiq etish, istaklarni ro‘yobga chiqarish va nihoyat qalb tubidagi orzularnii amalga oshirish haqida!
Sizga hayot va vaqtning sinovidan o‘tgan muvaffaqiyat formulasi taqdim etilmoqda. Bu sizga istaklaringizni qandaydir o‘y-fikrlaru homhayollar bilan emas, aniq harakatlar bilan amalga oshirishga ko‘mak beradi.
O‘qib ko‘ring, o‘qish bilan bir vaqtda – undagi tavsiyalarni hayotga tadbiq etib boring. Shunda hammasi ko‘z o‘ngingizda o‘zgaradi. O‘zingiz istaganingizdek yashashni boshlaysiz.